Jahon

Tramp 75 mamlakat vizalarini to‘xtatgani uchun sudga berildi

Inson huquqlari tashkilotlari tomonidan AQSH Davlat departamenti va uning direktori, Davlat kotibi Marko Rubio javobgar sifatida ko‘rsatilgan daʼvo arizasi topshirildi.

Tramp 75 mamlakat vizalarini to‘xtatgani uchun sudga berildi

 

Inson huquqlari tashkilotlari prezident Donald Tramp maʼmuriyatiga qarshi AQSHning 75 mamlakat fuqarolariga viza taqiqi bo‘yicha sudga murojaat qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

 

Tergov tashabbuskorlari AQSH Davlat departamenti va uning direktori Marko Rubioni migrantlarning Qo‘shma Shtatlarda moliyaviy yordam va himoya olish istagi yuzasidan asossiz shubhalar va yolg‘on daʼvolarda aybladi.

 

Daʼvo arizasi mualliflari vizaga murojaat qiluvchilarning aksariyati yillar davomida moliyaviy yordam ololmaganini taʼkidlab, Tramp maʼmuriyatining harakatlarini “o‘nlab yillar davomida ishlab chiqilgan immigratsiya qonunlarini bekor qilishga urinish” deb baholadi.

 

Davlat departamenti esa vizaning “huquq emas, balki imtiyoz” ekanligini taʼkidladi va rasmiylar tekshiruv tartibini takomillashtirish maqsadida vaqtincha hujjat berishni to‘xtatganini bildirdi. Shuningdek, bunday qadam “milliardlab dollarlarning isrofini, firibgarlik va qonunni suiisteʼmol qilishni” oldini olishga qaratilganligi aytildi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Rossiya va boshqa 75 mamlakat fuqarolari uchun immigratsion vizalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori 21 yanvardan kuchga kirdi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.