Jahon

Isroil armiyasi yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga o‘tkazildi — Ynet

Razvedka nishonlar ro‘yxatini kengaytirmoqda, operatsiyalar tezlashtirilmoqda.

Isroil armiyasi yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga o‘tkazildi — Ynet

 

Ynet nashri xabariga ko‘ra, Isroil Mudofaa Kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir armiyani yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirish va Eronga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorlanishni buyurgan.

 

Manbalarga ko‘ra, mazkur qaror 11–12 aprel kunlari Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh–Eron muzokaralarining muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng qabul qilingan.

 

Qayd etilishicha, Isroil havo kuchlari zarba beruvchi guruhlarni ehtimoliy operatsiyalarga tayyorlamoqda, razvedka esa ehtimoliy nishonlar ro‘yxatini kengaytirmoqda. Shu bilan birga, harbiy harakatlarni qayta boshlash bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

 

Shuningdek, Yedioth Ahronoth nashrining yozishicha, Isroil armiyasi operatsion jarayonlarni tezlashtirish, javob berish vaqtini qisqartirish hamda jangovar tayyorgarlikni maksimal darajada ushlab turish bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan.

 

Harbiy manbalar IDF tomonidan avvalgi harbiy to‘qnashuvlar tajribasiga asoslangan soddalashtirilgan jangovar protokollar joriy etilganini ham ta’kidlamoqda.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"