Jahon

Tramp bir soatda yetti marta yolg‘on gapirdi — Eron parlamenti spikeri

G‘olibaf AQSH blokadasi davom etsa, Hormuz bo‘g‘ozi “ochiq qolmasligini” bildirdi.

Tramp bir soatda yetti marta yolg‘on gapirdi — Eron parlamenti spikeri

AQSH bilan Islomobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi muzokaralarda Eron delegatsiyasiga boshchilik qilgan Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir G‘olibaf X ijtimoiy tarmog‘ida Donald Trampning bayonotlari yolg‘on ekanini aytdi, deya xabar bermoqda BBC.

 

“AQSH Prezidenti 1 soat ichida 7 ta da’vo qildi va ularning barchasi yolg‘on edi. Ular urushda g‘alaba qozonishmadi va bu yolg‘onlar bilan muzokaralarda ham hech narsaga erisha olmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi G‘olibaf.

 

U Hormuz bo‘g‘ozi haqida gapirar ekan, agar AQSH blokadasi davom etsa, bo‘g‘oz “ochiq qolmasligini” ta’kidladi.

 

Shuningdek, G‘olibaf Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy ilgari bildirgan fikrlarni takrorladi. Baqoiyga ko‘ra, bo‘g‘oz ochiq yoki yopiq bo‘lishi hamda u yerda amal qilinadigan tartiblar ijtimoiy tarmoqlarda emas, amalda hal etiladi.

 

G‘olibaf va Baqoiy bayonotlari Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining X tarmog‘idagi posti ortidan yangradi. Aroqchi Hormuz bo‘g‘ozi orqali sulhning qolgan davrida barcha tijorat kemalari harakatlanishi mumkinligini yozgan edi.

 

Aroqchining bu bayonoti Eron ichidagi ayrim ommaviy axborot vositalari va konservativ doiralar tanqidiga uchrab, undan izoh berish talab qilindi.

 

“Axborot urushi va jamoatchilik fikrini shakllantirish urushning muhim qismidir, biroq Eron xalqiga bunday usullar ta’sir qilmaydi”, — dedi G‘olibaf.

 

Hormuz bog‘ozi bo‘yicha so‘nggi bayonotlar:

 

Donald Tramp — AQSH prezidenti Yaqin Sharqdagi vaziyat, xususan Eron bilan bog‘liq jarayonlar “yaxshi ketayotgandek” ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dam olish kunlari muzokaralar bo‘lib o‘tadi va u hali oshkor eta olmaydigan “yaxshi yangiliklar” bor.

 

Kecha esa Tramp Truth Social platformasida AQSHning Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasi “Eron bilan kelishuv 100 foiz yakunlanmaguncha” davom etishini bildirgan edi.

 

Yevropa yetakchilari — Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer 40 ga yaqin davlat ishtirokida virtual yig‘ilish o‘tkazdi. Unda bo‘g‘ozni ochiq saqlash bo‘yicha global choralar muhokama qilindi.

 

Starmerning aytishicha, Buyuk Britaniya va Fransiya “imkon bo‘lishi bilan” ushbu hududda erkin suzishni ta’minlash uchun xalqaro harakatga rahbarlik qiladi. 

 

Xitoy rahbari Si Jinpin — Trampning ta’kidlashicha, Xitoy prezidenti Si Jinpin Hormuz bo‘g‘ozining ochilishida juda mamnunligini bildirgan.

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Hindistonda Arnab sikloni: qurbonlar bor

Mamlakatning sharqiy sohilida siklon ortidan elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi yoqilg‘i tanqisligiga tayyorlanmoqda: harbiy zaxiralardan foydalanilishi mumkin

Yevrokomissar inqiroz sharoitida yoqilg‘i ishlab chiqarishni tez oshirish va zarur zaxiralarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

AQShda o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi: u “eng xavfli jinoyatchilar” qatoriga kiritildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval ham hujum va talonchilik bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha sudlangan.

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Shimoliy Koreya 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi: Janubiy Koreya harbiylari bayonot berdi

Bu Pxenyanning oktyabr oyidagi uchinchi raketa uchirishi bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Saudiya Arabistoni Turkiyaga o‘z hududida harbiy baza qurishni taklif qildi — Hurriyet

Bu baza Turkiyaning Qatardagi harbiy inshootiga o‘xshash bo‘lishi mumkin.

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Butun Ispaniya motamda: mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi

Poyezdlar to‘qnashuviga temir yo‘l signalizatsiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

AQSH Eronga qarshi yangi zarbalarga tayyorlanmoqda — WSJ

Yangi harbiy kampaniya Tehronning harbiy salohiyatini zaiflashtirish va uni muzokaralarga qaytarishga qaratilishi mumkin.

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha kelishuv: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya hamkorlikni kuchaytiradi

Tomonlar kemalar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun uch tomonlama muvofiqlashtirish mexanizmini yaratishga kelishib oldi.