Jinoyat

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar ushlandi

Ular ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazish orqali fuqarolardan pul undirgan.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar ushlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida ko‘cha yechimi va bezorilik bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxslar jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, fuqarolarga nisbatan ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazish orqali pul undirish bilan shug‘ullangan. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

 

Qo‘lga olingan shaxslar quyidagilar:

 

  • Saidov Ikrom Erkinovich, 1988-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan sudlangan;
  • Saidov Islom Erkinovich, 1990-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 267-moddasi bilan sudlangan;
  • Baizbayev Umidjon Zafar o‘g‘li, 1998-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan;
  • Rustamov A’zamjon Mansurovich, 2001-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan;
  • Suponov Qurbonali Nosirovich, 2002-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan;
  • Farmonov Mirzoxid Shuxratovich, 1988-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
  •  

Fuqarolardan ushbu shaxslarning noqonuniy harakatlaridan jabrlangan bo‘lsa, DXXning 1520 yoki IIVning 102 qisqa raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"