Jinoyat

Fuqaroning plastik kartasidan 142 mln so‘m o‘g‘irlagan voyaga yetmaganlar qo‘lga olindi

Ular ushbu jinoyatni o‘zaro til biriktirib, mobil qurilmalar orqali sodir etgan.

Fuqaroning plastik kartasidan 142 mln so‘m o‘g‘irlagan voyaga yetmaganlar qo‘lga olindi

Fuqaroning plastik kartasidagi 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ni yechib olgan kiberfiribgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona IIB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro 2026-yil 6-fevral kuni uning bank plastik kartasidan noma’lum shaxslar tomonidan axborot tizimidan ruxsatsiz foydalangan holda 142 million so‘m mablag‘ yechib olingani haqida murojaat qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan 2026-yil 13-fevral kuni noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 2008- va 2009-yilda tug‘ilgan shaxslar o‘zaro til biriktirib, bir guruh bo‘lib, mobil qurilmalari orqali sodir etgani aniqlangan.

 

Gumonlanuvchilar o‘z ko‘rsatmalarida bunday harakatlarni boshqa takrorlamasliklarini bildirgan. Ular begona shaxslarga verifikatsiyadan o‘tish yoki shaxsiy ma’lumotlarni berish mumkin emasligini, bu noto‘g‘ri yo‘l ekanini ta’kidlab, qilgan ishidan pushaymon ekanini ma’lum qilgan hamda kelgusida bunday holatlarni takrorlamaslikka va’da bergan.

 

Tezkor tadbir davomida ikki nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan mobil qurilmalar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan ikki nafar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “B” va “V” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.