Jinoyat

PPX xodimining voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani rad etildi

Holatda voyaga yetmagan qizning ishtiroki bo‘lganligi sababli, to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi.

PPX xodimining voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimining voyaga yetmagan qizga nisbatan shilqimlik qilganligi haqida xabarlar tarqalgandi. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilayotgani haqida ma’lum qilgan.

 

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati ushbu holat bo‘yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi. Xabarga ko‘ra, surishtiruvlar davomida tarqatilayotgan xabarda keltirilgan iddaolar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

 

Qayd etilishicha, 2026-yilning 27-aprel kuni, soat tungi 00:40 da Ohangaron shahar IIB PPX xodimiga, tanishi 22 yoshli A.K. (ayol) qo‘ng‘iroq qilib, undan maslahat olish zaruratini aytib chaqirgan.

 

PPX xodimi yetib borgan vaqtida, 22 yoshli A.K.(ayol) bilan, uning 14 yoshli qiz tanishi birga chiqib, xodimning mashinasiga o‘tirgan. 

 

“Shu vaqtda 18 yoshli A.X. (qizi singlisi ekanini aytgan shaxs), 4 nafar tanishlari bilan kelib, xodimni haqoratlab, janjal ko‘targan. U aslida 14 yoshli qizning hech qanday qarindoshi hisoblanmaydi”, deyiladi xabarda.

 

Matbuot xiholatda voyaga yetmagan qizning ishtiroki bo‘lganligi sababli, to‘liq tafsilotlar hozircha ochiqlanmaganini bildirib, ish yakuniga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, og‘ir oqibatlarga olib kelgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"