Jahon

Eron yahudiylari vakili Mujtabo Xomanaiy rahbariyatini qo‘llab-quvvatladi

Eron yahudiylari jamiyatning ajralmas qismi ekani ta’kidlanib, mamlakat rahbariyatiga nisbatan ijobiy munosabat bildirildi.

Eron yahudiylari vakili Mujtabo Xomanaiy rahbariyatini qo‘llab-quvvatladi

Eron yahudiylar jamoasi vakili Humoyun Sameh Najafabadiy mamlakat oliy rahbari Mujtaba Xomanaiy boshchiligidagi rahbariyatni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Al Mayadeen yozmoqda.

 

Uning bayonoti AQSh va Isroil siyosatiga qarshi o‘tkazilgan ommaviy yig‘ilishda yangragan. Nutqda Eron yahudiylari jamiyatning ajralmas qismi ekani ta’kidlanib, mamlakat rahbariyatiga nisbatan ijobiy munosabat bildirildi.

 

Shuningdek, u xalq va qurolli kuchlar o‘rtasidagi birlik muhimligini ta’kidlab, bosimlarga qarshi eronliklar namoyish etayotgan “qat’iy qarshilik”ni yuqori baholadi.

 

“Doimo sevimli Eronimizning g‘alabasiga guvoh bo‘laylik va yaqinlashib kelayotgan zafarni birgalikda nishonlaylik — bu bizning sobitligimiz va birdamligimiz samarasidir”, — deya so‘zini yakunladi u.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Eronga qarshi yuz bergan harbiy harakatlar davomida Tehrondagi yahudiy ibodat maskanlaridan biri — Rafi Nia sinagogasi zararlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Humoyun Sameh Najafabadiy avvalroq bayonot berib, zarbalarni keskin qoralagan va diniy obyektlar nishonga olinganini bildirgan.

 

Uning ta’kidlashicha, bu kabi hodisalar nafaqat musulmonlar, balki boshqa diniy jamoalarga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

custom img

Tokioda 34 kunlik rekord: yomg‘irsiz kun bo‘lmadi

Tokio markazida 27-avgustdan 29-sentabrgacha har kuni yog‘ingarchilik qayd etilgan.

custom img

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"