Jinoyat

Farg‘onada ayoli va qizini qasddan o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Erkak mast holda qaynotasining uyiga kelib, aliment to‘lamaslik maqsadida xotini va 2 yoshli qizini pichoqlagan.

Farg‘onada ayoli va qizini qasddan o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandini qasddan o‘ldirishda ayblangan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Zamon” dasturida ma’lum qilindi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 3-noyabr kuni spirtli ichimlik ta’sirida qaynotasining uyiga kelgan fuqaro Hayitov turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan. Ayol avvalroq turmush o‘rtog‘ini aliment undirish masalasida sudga bergan va sud qaroriga ko‘ra erkak 15 sutkaga qamalgan.

 

Qayd etilishicha, erkak jazo muddatini o‘tab chiqqach, er-xotin o‘rtasidagi mojaro yanada keskinlashgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u aliment to‘lashdan qutulish maqsadida voyaga yetmagan farzandlari ko‘z o‘ngida cho‘ntagida olib kelgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘iga bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng u 2023-yilda tug‘ilgan qiziga ham pichoq bilan zarba bergan.

 

Zarbalar natijasida bola voqea joyida halok bo‘lgan, ayol esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Jinoyatni sodir etgan erkak voqea joyidan qochib ketgan. 

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i” bandlari bilan aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi.

 

Avvalroq Sirdaryo viloyatida ayol shar’iy nikohdagi erining qonuniy xotinini va 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayol qamoqqa olingan.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"