Jahon

Slovakiya bosh vaziri Moskvaga boradi, biroq 9-may paradida qatnashmaydi

Fitso Rossiya Prezidenti bilan qisqa uchrashuv o‘tkazishini va “Noma’lum askar” poyiga gul qo‘yishini bildirdi.

Slovakiya bosh vaziri Moskvaga boradi, biroq 9-may paradida qatnashmaydi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 9-may kuni Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi, ammo “G‘alaba kuni”ga bag‘ishlangan harbiy paradda ishtirok etmaydi, deya xabar bermoqda eurointegration.com.

 

Bu haqda bosh vazir Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti doirasida jurnalistlarga bergan izohida ma’lum qilgan.

 

Avvalroq Kreml Slovakiya bosh vaziri 9-may kuni Moskvadagi harbiy parad mehmonlari orasida bo‘lishini bildirgandi. Biroq Fitso bu ma’lumotni rad etib, tashrif doirasida faqat “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘yishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

 

“Men Qizil Armiya noma’lum askari qabri poyiga gul qo‘yaman, slovak xalqi nomidan ozodlik uchun minnatdorlik bildiraman va prezident Putin bilan qisqa uchrashuv o‘tkazaman. Men hech qanday harbiy paradga bormayman”, — dedi u.

 

Bosh vazir, shuningdek, Yevrokomissiya tomonidan tanqid qilingan Rossiyaga safar qarorini himoya qildi. Shu bilan birga, Chexiya Slovakiya hukumat samolyotining 9-may oldidan Moskvaga parvozi uchun o‘z havo hududidan o‘tishiga ruxsat bergani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq esa Boltiqbo‘yi davlatlari Fitsoning Rossiyadagi paradda ishtirok etishiga norozilik bildirib, unga havo hududini yopgan edi.

 

O‘tgan yili ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatilib,  Fitso Moskvaga aylanma yo‘l orqali uchib borgan. O‘sha paytda u va Serbiya prezidenti Aleksandr Vyuchich 9-may tantanalarida Yevropadan davlat rahbarlari darajasida qatnashgan yagona mehmonlar bo‘lgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"