Jahon

Armaniston bosh vaziri Moskvadagi 9-may tadbirlarida qatnashmaydi

Rossiya TIV Nikol Pashinyanning mazkur qaroriga e’tiroz bildirdi.

Armaniston bosh vaziri Moskvadagi 9-may tadbirlarida qatnashmaydi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 9-may kuni Moskvada o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. U bu qarorini 1-aprel kuni Rossiyaga tashrifi davomida Vladimir Putinga bildirgan. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Rasmiy izohga ko‘ra, safarning bekor qilinishiga mamlakatda boshlanayotgan saylovoldi kampaniyasi sabab bo‘lgan. Armanistonda parlament saylovlari 7-iyunga belgilangan bo‘lib, uning yakunlariga ko‘ra yangi hukumat rahbari aniqlanadi.

 

Shu fonda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Yerevanni ilgari berilgan “Rossiyaga qarshi harakat qilmaslik” majburiyatiga amal qilmaslikda aybladi. U, shuningdek, Armanistonning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni qabul qilganini tanqid qilib, bu holat Rossiya jamoatchiligida norozilik uyg‘otganini ta’kidladi.

 

Avvalroq Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso ham Qizil maydondagi paradda qatnashmasligini, Moskvaga borib Putin bilan uchrashib, “Noma’lum askar” poyiga gul qo‘yishini ma’lum qilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy hafta boshida Yevropa Ittifoqi va Armaniston o‘rtasida tarixda ilk bor ikki tomonlama sammit bo‘lib o‘tdi. Unda Zelenskiy ham ishtirok etdi.

 

Yerevanda o‘tgan uchrashuvda xavfsizlik va mudofaa, energetika, transport hamda raqamlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari, shuningdek Ukrainadagi vaziyat va Erondagi urush oqibatlari muhokama qilindi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"