Jinoyat

Qozog‘istonda o‘zbeklardan pul talab qilgan shaxslar ushlandi

Ayni paytda ish bo‘yicha zarur tergov harakatlari olib borilayotgani bildirildi.

Qozog‘istonda o‘zbeklardan pul talab qilgan shaxslar ushlandi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida joylashgan “Qoplonbek” chegara o‘tkazish punktida fuqarolarni qo‘rqitib, ulardan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiston viloyati Politsiya departamenti ma’lum qildi.

 

Avvalroq noma’lum shaxslar Qozog‘iston hududida o‘zbekistonlik haydovchilardan turli bahonalar bilan pul talab qilishga urinayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Idora ma’lumotiga ko‘ra, Sariag‘ash tumanidagi mazkur o‘tkazish punkti hududida sodir etilgan noqonuniy harakatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi sifatida Turkiston viloyatining 43 yoshli, ishsiz va doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarosi ushlangan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u olti qirrali buragich (“otvyortka”) bilan tahdid qilib, O‘zbekistondan o‘tgan shaxslardan “ulush” talab qilgan.

 

Hozirda gumonlanuvchi Sariag‘ash tumani politsiya boshqarmasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hodisa qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

 

Politsiya departamenti ayni paytda ish bo‘yicha zarur tergov harakatlari olib borilayotganini bildirdi. Shuningdek, har qanday noqonuniy xatti-harakat Qozog‘iston qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatildi.

 

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etganlikda gumonlanmoqda

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"