Jahon

Saudiya Arabistoni ham Eronga yashirin zarbalar bergan

Saudiya tomonidan amalga oshirilgan hujumlar mart oyining oxirlarida sodir bo‘lgan. Zarbalardan avval Eron ogohlantirilgan.

Saudiya Arabistoni ham Eronga yashirin zarbalar bergan

Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqdagi urush fonida Eronga qarshi yashirin harbiy zarbalar bergan. Bu haqda masaladan xabardor g‘arb va eronlik amaldorlarga tayanib Reuters xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Saudiya Harbiy-havo kuchlari tomonidan amalga oshirilgan hujumlar mart oyining oxirlarida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, bu zarbalar qirollik hududiga uyushtirilgan hujumlarga javob tariqasida amalga oshirilgan.

 

Reuters nishonga olingan obyektlarni mustaqil tasdiqlay olmagan. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi va Eron TIV esa bu boradagi so‘rovlarga rasmiy izoh bermagan.

 

Agentlikka ko‘ra, ushbu holat Saudiya Arabistoni ilk bor bevosita Eron hududida harbiy harakatlarni amalga oshirgani ma’lum bo‘lgan vaziyat sifatida baholanmoqda. Bu esa Ar-Riyodning o‘zining asosiy mintaqaviy raqibi bo‘lgan Tehronga nisbatan yanada qat’iyroq pozitsiyaga o‘tayotganini ko‘rsatadi.

 

Maqolada ta’kidlanishicha, 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qarshi boshlagan havo hujumlaridan keyin mojaro butun Yaqin Sharq bo‘ylab kengaygan. Eron Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashiga a’zo davlatlarga raketa va dronlar bilan hujum qilgan, jumladan AQSH harbiy bazalari, aeroportlar va neft infratuzilmasi nishonga olingan.

 

Shuningdek, Eronning Hormuz bo‘g‘ozini yopishi global savdo va energiya bozorlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.

 

Reuters'ning yozishicha, Saudiya Arabistoni va BAAning Eronga qarshi harakatlari Fors ko‘rfazi davlatlari endilikda faqat mudofaa bilan cheklanmay, javob zarbalari ham bera boshlaganini ko‘rsatmoqda. Xususan, avvalroq BAA ham Eronga yashirin zarbalar yo‘llagani haqida xabar berilgandi.

 

Biroq Ar-Riyod va Abu-Dabi yondashuvi bir xil emasligi qayd etilgan. BAA Eronga nisbatan yanada keskin siyosat yuritayotgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni mojaroning yanada chuqurlashib ketishini oldini olish maqsadida Tehron bilan diplomatik aloqalarni saqlab qolishga urinmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Eronga amalga oshirilgan zarbalar haqida oldindan ma’lum qilgan. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida faol diplomatik muzokaralar boshlanib, keskinlikni kamaytirish bo‘yicha norasmiy kelishuvga erishilgan.

 

International Crisis Group eksperti Ali Voizning fikricha, bu jarayon tomonlar nazoratsiz eskalatsiya katta oqibatlarga olib kelishini anglaganini ko‘rsatadi.

 

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, mart oyining oxirida Saudiya Arabistoniga qarshi amalga oshirilgan dron va raketa hujumlari soni aprel boshiga kelib sezilarli kamaygan.

 

Shu bilan birga, Saudiya Mudofaa vazirligi 7–8-aprel kunlari qirollik hududiga yana 31 ta dron va 16 ta raketa uchirilganini ma’lum qilgan. Bu holat Ar-Riyodni Eron va Iroqqa nisbatan yangi javob choralarini ko‘rib chiqishga undagan.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"