Jinoyat

Farg‘onada voyaga yetmagan qizga nikoh o‘qigan imom noibi jinoiy jazoga tortildi

Uchko‘prik tumanidagi jome masjidlarning birida ishlagan shaxs “ZAGS”dan o‘tmagan, 2008-yilda tug‘ilgan qizga nikoh o‘qidi. “Nikoh yoshiga to‘lmaganim sababli FHDYO organi qonuniy nikoh tuzishni rad etdi, bu vaqtda oila a’zolarim to‘y qilishga kelishib, kunini ham belgilab bo‘lgandi”- degan qiz sudda.

Farg‘onada voyaga yetmagan qizga nikoh o‘qigan imom noibi jinoiy jazoga tortildi

Farg‘onada imom noibi nikohi qonuniy qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida diniy marosim o‘tkazgani uchun jazolandi. Zamon.uz sud hujjati bilan tanishdi.

 

Sud hukmida keltirilishicha, 1991-yilda tug‘ilgan O.V. Uchko‘prik tumani Qaqir qishlog‘idagi jome masjidda imom noibi bo‘lib ishlagan(2017-2025-yillar). U 2025-yil 21 noyabr kuni 30 yoshli hamqishloqdoshi(kuyov) A.M. va 17 yoshli Z.B.ga shar’iy nikoh o‘qigan.

 

“Ular iltimos qilgani uchun nikoh o‘qishga rozi bo‘ldim. Hujjati yo‘qligini bilib, 400 ming so‘m evaziga nikoh tuzishga doir diniy marosimni guvohlarning ishtirokida amalga oshirdim. Hozirda qilgan ishimning oqibatini tushundim, chin ko‘ngildan pushaymonman, muqaddam sudlanmaganimni inobatga olib, yengilroq jazo tayinlashingizni so‘rayman”- degan u suddagi ko‘rsatmasida.

 

Bundan tashqari, sudda A.M. guvohlik berib, imom noibi nikohni to‘y kuni belgilangani uchun o‘qiganini aytdi.

 

“2025-yil 22 noyabr kuni turmush qurdik. Undan oldin Z.B. nikoh yoshiga to‘lmaganligi sababli FHDYO organi qonuniy nikoh tuzishni rad etdi, bu vaqtda oila a’zolarim to‘y qilishga kelishib kunini ham belgilab qo‘yishgandi, 21 noyabr kuni guvohlar bilan shar’iy nikoh o‘qitish uchun Uchko‘prik tumani(……)qishlog‘ida yashovchi O.V.ni yashash xonadoniga bordik. Dastlab, u Z.B. 2008-yilda tug‘ilganligini, nikoh yoshiga yetmaganligini bilib, shar’iy nikoh o‘qimasligini aytdi, shunda unga ertasi kuni to‘y ekanligini aytganimdan keyin rozi bo‘ldi”- degan u.

 

Z.B. ham bularni tasdiqlab, holat yuzasidan hech kimga da’vosi yo‘qligini bildirdi.

 

2026-yil 9 aprel kuni JIB Uchko‘prik tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, O.V.ni Jinoyat kodeksining 1251-moddasi(nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va unga shu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining 80 baravari, ya’ni 32 mln 960 ming so‘m jarima jazosi tayinladi.

 

Qayd etilishicha, O.V. ilgari nikohi qonuniy bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida diniy marosim o‘tkazgani uchun MJtKning 473-moddasi(nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) 3-qismi bilan 3 mln 750 ming so‘m jarimaga tortilgan.

 

Muallif: Shahzod O‘roqboyev

 

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"