Jinoyat

Farg‘onada avtomobil g‘ildiraklari ichiga yashirilgan 20 kgga yaqin narkotik moddalar fosh etildi

Narkotik moddalar qo‘shni mamlakatdan olib kirilgan.

Farg‘onada avtomobil g‘ildiraklari ichiga yashirilgan 20 kgga yaqin narkotik moddalar fosh etildi

Farg‘ona viloyati Rishton tumani “Dehqonobod” mahallasida yirik miqdordagi narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Bu haqda Zamon.uz’ga DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, qo‘shni mamlakatdan kelgan “Volvo” rusumli yuk mashinasining g‘ildiraklari ichiga yashirilgan narkotik moddalarni olayotgan vaqtlarida avtomashina haydovchisi hamda buyurtmachi hisoblangan Uchko‘prik tumanida yashovchi, shaxs ushlandi.

 

Avtomashina g‘ildiraklari ichiga jami 3 kg 408 gr “opiy” va 16 kg 405 gr “gashish” moddalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga buyurtmachi shaxsning otasi ham aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.

 

Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"