Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev kiberxavfsizlik boʻyicha Turkiy alyans tashkil etishni taklif qildi

O'zbekiston Prezidenti Turkiston sammitida sunʼiy intellekt, raqamli rivojlanish va kiberxavfsizlik boʻyicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kiberxavfsizlik boʻyicha Turkiy alyans tashkil etishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida nutq soʻzlab, turkiy dunyo integratsiyasini mustahkamlash, sunʼiy intellekt va raqamli rivojlanish sohalarida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Davlat rahbari sammit mezboni — Qasim-Jomart Toqayevga anjuman yuqori saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirib, Turkiston shahri turkiy xalqlar birdamligi va mushtarak qadriyatlarining yorqin timsoli ekanini taʼkidladi.

 

Nutqda bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda turkiy davlatlar oʻrtasidagi integratsiya strategik ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Soʻnggi yillarda Turkiy davlatlar tashkilotining iqtisodiy va institutsional salohiyati sezilarli darajada mustahkamlangani, tashkilot mamlakatlarining umumiy iqtisodiy hajmi 2,4 trillion dollardan oshgani alohida taʼkidlandi.

 

Prezident sunʼiy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmogʻini yaratish, “Raqamli turkiy koridor” konsepsiyasini ishlab chiqish hamda Toshkentda Texnologiyalar forumini oʻtkazishni taklif etdi. Shuningdek, data markazlarini oʻzaro bogʻlash, bulutli va kvant texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

 

Taʼlim va ilm-fan yoʻnalishida esa Islom sivilizatsiyasi markazi bazasida tarixiy-madaniy merosni yagona “katta maʼlumotlar” platformasiga jamlash tashabbusi ilgari surildi. Yoshlarni zamonaviy kasblarga tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi haqida ham maʼlumot berildi.

 

Nutqda transport va logistika tizimlarini raqamlashtirish, ekologik xavflarni sunʼiy yoʻldosh orqali monitoring qilish, kiberxavfsizlik boʻyicha Turkiy alyans tashkil etish kabi masalalar ham ilgari surildi.

 

Sammit yakunida Turkiston deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgani qayd etildi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"