Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston yetakchisi Turkistonga amalga oshirgan tashrifi doirasida sammitda qatnashdi, Qozog‘iston va Turkiya yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga amaliy tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

 

Oʻzbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, unda muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatib oʻtdi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamrohligida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib koʻrdi hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

 

Sammit doirasida Oʻzbekiston rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"