Jinoyat

Jizzax va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga olindi

Jizzaxda hokimlik mansabdori ishga joylashtirish uchun, Farg‘onada bank xodimi kredit rasmiylashtirib berish uchun pul talab qilgan.

Jizzax va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora bilan qo‘lga olindi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida hokimlik mansabdor xodimi yer maydoni ajratib berish va ishga joylashtirish evaziga pul talab qilgani uchun ushlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs tadbirkorning ishonchiga kirib, tuman melioratsiya bo‘limi balansidagi 45 sotix yer maydonini yaqin aloqalari orqali olib berishni va fuqaroning 2002-yilda tug‘ilgan tanishini mahalliy MChJlardan biriga ishga joylashtirishni va’da qilgan. Buning evaziga u 500 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida u ushbu masalalarni hal qilib berish bahonasida avval ham 3,5 million so‘m olib, uni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgani aniqlangan.

 

Yana bir holatda, respublikadagi xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Farg‘ona bank xizmatlari markazi rahbari ham pora olishda qo‘lga tushgan.

 

U tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, bank bosh ofisidagi tanishlari orqali 2,5 milliard so‘m kredit ajratib berishni va’da qilgan. Evaziga kredit summasining 5 foizi — 125 million so‘m talab qilingan.

 

Tezkor tadbir davomida bank mansabdori so‘ralgan mablag‘ hisobidan 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"