Jahon

AQSh va Eron sulhni yana 60 kunga uzaytirishi mumkin

Kelishuv AQSh prezidenti Donald Trampning yakuniy tasdig‘idan o‘tishi kerak.

AQSh va Eron sulhni yana 60 kunga uzaytirishi mumkin

AQSh va Eron o‘rtasida amalda bo‘lib turgan sulhni yana 60 kunga uzaytirish hamda urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlash yuzasidan dastlabki kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Rasmiy manbalarga ko‘ra, kelishuv hali AQSh prezidenti Donald Trampning yakuniy tasdig‘idan o‘tishi kerak. Agar memorandum tasdiqlansa, bu ikki davlat o‘rtasidagi bir necha haftadan buyon davom etayotgan diplomatik tanglikdan keyingi muhim siyosiy qadam bo‘lishi mumkin.

 

Manbalarga ko‘ra, memorandum doirasida 60 kun davomida Hormuz bo‘g‘ozida kema qatnovi cheklanmasligi va tranzit harakatlari bepul amalga oshirilishi belgilangan. Eron esa 30 kun ichida bo‘g‘oz hududida joylashtirilgan barcha dengiz minalarini olib tashlashi kerak bo‘ladi.

 

Hujjatda Eronning yadro quroliga ega bo‘lishga urinmaslik majburiyati ham qayd etilgan. Bitim amal qiladigan davrda Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari taqdiri hamda mamlakatda uranni boyitish faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, memorandumga Isroil va Livandagi “Hizbulloh” harakati o‘rtasidagi urushni to‘xtatish bo‘yicha band ham kiritilgan.

 

Avvalroq Fors ko‘rfazi hududida AQSh va Eron o‘rtasida bir necha bor cheklangan harbiy to‘qnashuvlar kuzatilgan, bu esa sulhning buzilishi ehtimoli haqida xavotirlarni kuchaytirgandi.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.