Siyosat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘izistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga saylangani bilan Sadir Japarovni tabrikladi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari Sadir Japarovni va qardosh qirg‘iz xalqini mamlakatning 2027–2028-yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

 

Shavkat Mirziyoyev ushbu natija Qirg‘izistonning faol tashqi siyosati, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilganining yorqin ifodasi ekanini ta’kidlagan.

 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda strategik sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etgan.

Shuningdek, oliy darajadagi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlar, xususan, iqtisodiyot, transport, energetika hamda madaniy-gumanitar sohalardagi loyihalarni amaliy jihatdan ilgari surish masalalari muhokama qilingan.

 

Suhbat yakunida tomonlar bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

 

Avvalroq, Qirg‘iziston tarixda ilk bor BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi bo'lgani xabar qilingan edi.

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol chiqindi” Global alyansini tashkil etishga bag‘ishlangan uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi alyans doirasida ekologik ta’limni rivojlantirish va yoshlarning ekologik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini ilgari surdi.

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva COP31 doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Pavilyonda “Zamin” fondining “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida uzluksiz ekologik ta’lim tizimi taqdim etildi.

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar o'rtasidagi metallurgiya, energetika, geologiya, ekologiya hamda suv resurslari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan TDT sammitiga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Mirziyoyev Turkiyaga tashrifi doirasida Gruziya Prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va yangi amaliy loyihalarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

Davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasining 31-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

Sun’iy intellekt xavfsizlikka tahdid solmasligi kerak: Shavkat Mirziyoyev xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Ostonada Aqaba jarayoni doirasidagi Markaziy Osiyo yetakchilari uchrashuvida qatnashdi.