Siyosat

Sankt-Peterburgda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil boshidan buyon O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshgani qayd etildi.

Sankt-Peterburgda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

Sankt-Peterburg shahriga amalga oshirilgan amaliy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Joriy yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 20 foizga oshgani ta’kidlandi.

 

Uchrashuvda sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida amalga oshirilayotgan yirik qo‘shma loyihalarning borishi ko‘rib chiqildi. Savdo hajmlarining o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda hududlararo hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi qayd etildi.

 

Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Shu kunlarda Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasi premyerasi bo‘lib o‘tgani hamda Ermitaj davlat muzeyida O‘zbekiston amaliy san’ati ko‘rgazmasi ochilgani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari yaqin istiqboldagi oliy va yuqori darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"