Jahon

Biz Eronga qarshi yolg'iz qolishimiz mumkin — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri Eron bilan ehtimoliy urushda AQSh yordami bo‘lmasligi mumkinligini tan oldi.

Biz Eronga qarshi yolg'iz qolishimiz mumkin — Netanyaxu

 

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat Eron bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilikda AQSh ko‘magisiz harakat qilishiga to‘g‘ri kelishi ehtimolini istisno etmadi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Netanyaxu ushbu masalani xavfsizlik kabineti yig‘ilishida ko‘targan. Uning ta’kidlashicha, Isroil barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor bo‘lishi kerak.

 

“Barcha oqibatlarga qaramay, zarurat tug‘ilsa, Amerika ko‘magisiz ham zarba berishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biz bunday vaziyatni istamaymiz, biroq bunga qodir ekanligimizni bilamiz”, — degan Netanyaxu.

 

Nashrlar yozishicha, Isroilda Donald Trampning Eron bilan diplomatik kelishuvga erishish istagi sabab xavotir kuchaymoqda. Xususan, yaqinda Eron tomonidan amalga oshirilgan raketa hujumidan so‘ng Tramp Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilgan va Isroilni vazminlikka chaqirgan.

 

The Jerusalem Post ma’lumotiga ko‘ra, Isroil dastlab Eron hududidagi bir qator nishonlarga keng ko‘lamli harbiy zarba berishni rejalashtirgan. Rejada o‘nlab jangovar samolyotlarni jalb qilish va turli strategik obyektlarga hujum uyushtirish ko‘zda tutilgan edi.

 

Biroq AQSh prezidenti Tehron bilan diplomatik kelishuv imkoniyatlari saqlanib qolayotganini bildirganidan so‘ng, mazkur reja qayta ko‘rib chiqilgan. Natijada Isroil tomonidan radar tizimlari, havo hujumidan mudofaa vositalari, qurol ishlab chiqarish korxonalari va ayrim sanoat obyektlariga cheklangan zarbalar berilgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, Isroil harbiy-siyosiy rahbariyati AQSh va Eron o‘rtasida yangi kelishuv imzolanishi ehtimoliga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir hukumat yig‘ilishida Tehron bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan deyarli har qanday kelishuvni mamlakat manfaatlariga mos kelmaydigan kelishuv sifatida baholagan.

 

Shuningdek, i24News nashrining qayd etishicha, Netanyaxu Isroil Eron bilan qarama-qarshilik chuqurlashgan taqdirda o‘q-dorilar taqchilligi va xalqaro bosimning kuchayishi kabi xavflarga ham duch kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

 

Eslatib o'tamiz, AQSh prezidenti navbatdagi hujumlar sodir bo‘lsa, Vashington Tel-Avivni qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini ma'lum qilgan edi.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.