Jahon

Eron Hormuz bo'g'ozini yopdi

Cheklovlar barcha turdagi jumladan, neft tankerlari va savdo kemalari uchun amal qiladi.

Eron Hormuz bo'g'ozini yopdi

 

Eron AQShning so‘nggi harbiy zarbalaridan so‘ng Hormuz bo‘g‘ozini barcha turdagi kemalar harakati uchun yopganini ma’lum qildi. Bu haqda Tasnim xabar berdi.

 

Eron Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi tarqatgan bayonotga ko‘ra, mintaqadagi keskin vaziyat hamda AQShning harbiy harakatlari sababli strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozida harakatlanish vaqtincha cheklangan.

 

Rasmiy ma’lumotlarda qayd etilishicha, cheklovlar neft tankerlaridan tortib savdo kemalarigacha bo‘lgan barcha dengiz transport vositalariga tatbiq etiladi. Tehron mazkur qarorni AQShning Hormozgon viloyatidagi ayrim hududlarga bergan zarbalari bilan izohlagan.

 

Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron hududidagi bir qator nishonlarga zarbalar berilganini ma’lum qilgan edi. Vashington ushbu amaliyotlar o‘zini himoya qilish maqsadida amalga oshirilganini bildirgan.

 

Hormuz bo‘g‘ozi dunyodagi eng muhim dengiz transport yo‘laklaridan biri hisoblanadi. U orqali global neft va suyultirilgan gaz tashuvlarining katta qismi amalga oshiriladi. Avval ham Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinliklar fonida bo‘g‘ozdagi harakatlar bir necha bor cheklangan edi.

custom img

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohildagi ikki masjidga o‘t qo‘ydi

Hodisa ikki kun avval yuz bergan qonli to‘qnashuv ortidan sodir bo‘ldi.

custom img

Xitoyda “Xunsya” tayfun sabab 700 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Guandun provinsiyasida kuchli shamol va jala yog‘ishi sabab favqulodda choralar kuchaytirildi.

custom img

Badaxshonda "Tolibon" va Ozodlik fronti o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi

Qurolli to‘qnashuvlar kuchayishi "Tolibon" boshqaruvidan norozilik, etnik vakillik va tabiiy resurslar bilan bog‘liq muammolar oqibati sifatida baholanmoqda.

custom img

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Kreml To‘qayevning taklifini amaldagi sharoitda amalga oshirib bo‘lmasligini bildirdi. Rossiya bu boradagi asosiy shart sifatida o‘z maqsadlariga erishishni ko‘rsatdi.

custom img

To‘qayev Putinni Ukrainadagi urushni "muzlatish"ga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Omskdagi muzokaralarda mojaroni "Istanbul formulasi 2.0" asosida hal etishni taklif qilib, tinchlikka buyuk davlatlar kafolati ostida erishish mumkinligini bildirdi.

custom img

Suriyada ikkita avtobus to‘qnashdi, 35 kishi halok bo‘ldi

Dayr az-Zor–Damashq avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTHda yana 30 kishi turli darajadagi tan jarohati oldi.

custom img

Hindistondagi “Suvaraklar” harakati ta’lim vaziri iste’foga chiqqach, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi

Harakat hukumat barcha asosiy talablarni qabul qilganini ma’lum qildi.

custom img

Ruminiya havo hududiga kirgan yana bir dron yo‘q qilindi

Ukraina janubidagi jangovar harakatlar fonida mamlakat havo hududiga kirgan dron harbiylar tomonidan yo‘q qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"