Jahon

Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish 60 kun davomida bepul bo‘ladi

60 kunlik muddatdan so‘ng Tehron navigatsiya va xavfsizlik xizmatlari uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda.

Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish 60 kun davomida bepul bo‘ladi

 

Eron AQSh bilan davom etayotgan muzokaralar doirasida Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalar uchun 60 kunlik imtiyozli tartib joriy etishga rozi bo‘ldi. Bu davr mobaynida Tehron bo‘g‘oz orqali xavfsiz tranzit xizmatlari uchun to‘lov undirmaydi.

 

Bu haqda Fars axborot agentligi muzokaralar jarayonidan xabardor manbaga tayanib ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Eron va AQSh o‘rtasida ishlab chiqilgan o‘zaro anglashuv memorandumi yakuniy tahririda qator muhim o‘zgartirishlar kiritilgan. Hujjatda Eron va Ummonning Hormuz bo‘g‘ozidagi dengiz qatnovi kelajagini belgilashdagi o‘rni alohida qayd etilgan.

 

Shuningdek, bo‘g‘oz orqali harakatlanuvchi kemalardan xavfsizlik, navigatsiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lov undirish huquqi Eron tomoni uchun tan olingani aytilmoqda.

 

Manbaga ko‘ra, kemalar uchun bepul tranzit rejimi faqat 60 kun amal qiladi. Ushbu muddat yakunlangach, Eron bo‘g‘ozdan foydalanayotgan tijorat kemalariga ko‘rsatiladigan xavfsizlik, navigatsiya, ekologik va sug‘urta xizmatlari uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq, AQSh va Eron harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qanday boyib ketdi?

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga ko‘rsatgan urush yordami evaziga olgan daromadlari Kim Chen Inning hokimiyatini mustahkamladi va aholining tor bir qatlamining ham boyishiga imkon berdi.

custom img

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

custom img

Kobuldagi xususiy maktabda portlash sodir bo‘ldi, o‘quvchilar jarohatlandi

O‘quvchilar darslardan chiqqanidan keyin maktab hovlisiga granata otilgan

custom img

Qozog‘istonda 19 yoshli o‘zbekistonlik kelin vafot etdi

U o‘limidan oldin dugonasiga eri shirinlik tufayli uni urganini aytgan.

custom img

Tramp Makka kelishuvini Yaqin Sharqning birlashuvi deb atadi

AQSh prezidenti mazkur bitim mintaqa davlatlarining o‘zini himoya qilish imkoniyatlarini kuchaytirishini ta’kidlagan.

custom img

Janubiy Koreya va AQSh qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Manevrlarda Janubiy Koreyaning qariyb 18 ming harbiy xizmatchisi qatnashmoqda.

custom img

“Isroil mintaqadagi urushlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi” – Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti Anqara tinchlikka tahdid qilinadigan holatda urushdan qochmasligini bildirib, Isroilning G‘azo va Livandagi harbiy amaliyotlarini keskin tanqid qildi.

custom img

AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishi mumkin

Sobiq kongressmen AQSh Eronga qarshi yadroviy qurol qo‘llash ehtimolini muhokama qilayotganini ma'lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"