Jahon

Zelenskiy Putin bilan G7da uchrashuv taklif qildi, Rossiya javob bermadi

Ukraina tomoni muzokara tashabbusini bir nechta kanallar orqali yetkazgan.

Zelenskiy Putin bilan G7da uchrashuv taklif qildi, Rossiya javob bermadi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Fransiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti doirasida uchrashish taklifini ilgari surganini ma’lum qildi. Bu haqda u Kiev-Pechersk Lavrasiga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Reuters.

 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus G7 formatida, AQSh va Yevropa yetakchilari ishtirokida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan muzokaralar uchun muhim imkoniyat bo‘lishi mumkin edi. Biroq Rossiya tomoni bu taklifga javob bermagan.

 

RBC-Ukraina manbalariga ko‘ra, uchrashuv tashabbusi bir nechta diplomatik kanallar, jumladan vositachilar va razvedka liniyalari orqali ham yetkazilgan, ammo Moskva tomonidan aniq javob berilmagan.

 

G7 sammiti 15–17-iyun kunlari Fransiyaning Evian-le-Ben shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Avvalroq Zelenskiy Putin bilan bevosita muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini bildirgan, Rossiya prezidenti esa hozirgi sharoitda bunday uchrashuvni maqsadga muvofiq emas deb atagan edi.

custom img

Tailanddagi suv toshqini avtomobil sanoatiga ta’sir qildi: Toyota va Honda zavodlarini yopdi

Suv toshqini ehtiyot qismlar yetkazib berish zanjirida uzilishlarga sabab bo‘lgan.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"