Jinoyat

18 yoshli qizni aldab, Turkiyaga jo‘natayotgan jinoiy guruh ushlandi

Ular qizlarni yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, xorijga jo‘natish bilan shug‘ullangan.

18 yoshli qizni aldab, Turkiyaga jo‘natayotgan jinoiy guruh ushlandi

Farg‘ona viloyatida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatning oldi olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, IIBning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi odam savdosiga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 18 yoshli qizni xorijga jo‘natishga uringan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avval Quva tumanida yashagan, hozirda Turkiyaning Denizli shahrida istiqomat qilayotgan ayol hamda uning Farg‘ona shahrida yashovchi sherigi oldindan til biriktirib, qizlarni xorijga jo‘natish bilan shug‘ullanib kelgan.

 

Ular Farg‘ona shahrida yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan qizni Turkiyada yuqori daromadli ish va’dasi bilan aldab, xorijga olib chiqishga uringan. Qiz taklifga rozi bo‘lgan, biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ushbu rejaga barham berilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni xorijda yuqori daromad va’da qiluvchi shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqirdi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"