Jinoyat

Farg‘onada 125 mlrd so‘mlik sun’iy QQS orqali noqonuniy keshbek olish sxemasi aniqlandi

Ushbu sxema ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta fiskal chek sotish va ular asosida noqonuniy keshbek olish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Farg‘onada 125 mlrd so‘mlik sun’iy QQS orqali noqonuniy keshbek olish sxemasi aniqlandi

Farg‘ona viloyatida sun’iy QQS shakllantirish orqali noqonuniy keshbek olishga qaratilgan yirik firibgarlik sxemasi aniqlandi. Bu haqda viloyat soliq boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, yashirin iqtisodiyotning oldini olish yuzasidan olib borilgan tezkor tahlillar davomida fuqaro T.Z. rahbarligidagi “E.F.F.” va “F.E.O.Z.” MChJlari tomonidan joriy yil may oyida Termiz shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “T.B.S.E.” MChJdan jami 1,2 trillion so‘mlik un va sariyog‘ mahsulotlari xarid qilingani haqida elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgani aniqlangan.

 

Soliq organlari korxonalarning QQS hisobotlari hamda ularning yuridik manzillaridagi omborlarni o‘rganganda, Farg‘onadagi korxonalarga amalda hech qanday mahsulot yetkazib berilmagani, shuningdek, tovarlar uchun biror so‘m ham pul o‘tkazilmagani ma’lum bo‘lgan.

 

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, Termizdagi korxona Farg‘onadagi ikki MChJ uchun 125,4 milliard so‘mlik sun’iy QQS shakllantirishga uringan.

 

Tezkor choralar natijasida “E.F.F.” va “F.E.O.Z.” MChJlarning QQS guvohnomalari vaqtincha to‘xtatilib, aniqlashtirilgan QQS hisobotlari qabul qilindi hamda 125,4 milliard so‘mlik sun’iy QQS hisobdan chiqarildi.

 

Soliq boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur sxema ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta fiskal cheklarni sotish va ular asosida noqonuniy keshbek olish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

 

Holat yuzasidan to‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

 

Soliq organlari fuqarolarni “Soliq” mobil ilovasida faqat o‘zlari amalga oshirgan xaridlar va foydalanilgan xizmatlar uchun berilgan haqiqiy fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazishga chaqirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar yoki boshqa shaxslar orqali tarqatilayotgan soxta cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish qonunchilikka zid ekani va buning uchun javobgarlik belgilanganligi eslatib o‘tildi.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"