Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutayotganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni AQSh Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga AQSh milliy bayrami – Mustaqillik kuni hamda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. 

 

“Sizga hamda do‘st Amerika xalqiga ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi nomidan eng samimiy tabriklar va ezgu tilaklarni yo‘llashdan g‘oyat mamnunman. Sizning dadil va shijoatli rahbarligingiz ostida AQSh iqtisodiy qudrati va ta’sirini yanada oshirib, global taraqqiyot hamda xavfsizlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda, barcha davlatlar bilan amaliy hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda”, deyiladi maktubda. 

 

Prezident bunday ijobiy jarayonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratayotgani, o‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan munosabatlar yangi mazmun bilan boyib borayotganini ta’kidladi. Maktubda o‘zaro savdo hajmini oshirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, muhim mineral resurslar va innovatsion kooperatsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanishi qayd etildi. 

 

Shuningdek, xavfsizlik sohasidagi muloqot va amaliy sheriklikni yanada mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi. Noqonuniy migratsiya, terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, narkotik vositalar noqonuniy aylanishi va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

 

Davlat rahbari mintaqaviy va global formatlar, avvalo, “C5+1” platformasi, BMT hamda boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlik Prezident Donald Trampning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi. Shu o‘rinda Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil dekabr oyida Mayami shahrida bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uchrashuvni katta qiziqish bilan kutayotganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Shavkat Mirziyoyevga FAOning oliy mukofoti – “Agricola” medali topshirildi

Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori bilan uchrashib, tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatmaydi — TIV

O‘zbekiston TIVi Latviya tomonining o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatish ehtimoli yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.