O'zbekiston

Toshkentdagi mudhish YTHda ikki avtomobilni ham voyaga yetmaganlar boshqargani aniqlandi

YTH oqibatida bir ayol vafot etgan. Lacceti ikkiga bo‘linib ketgan.

Toshkentdagi mudhish YTHda ikki avtomobilni ham voyaga yetmaganlar boshqargani aniqlandi

Toshkent shahrida Lacetti va Kia K5 avtomobillari ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti avtomobili ikkiga bo‘linib ketgani haqida xabar berilgandi

 

Aniqlanishicha, hodisa vaqtida har ikki avtomobilni ham voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari boshqargan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, YTH oqibatida bir ayol halok bo‘lgan, uning farzandi esa onasiz qolgan.

 

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan videoda voyaga yetmaganlardan birining otasi o‘g‘li avtomobilni uxlab yotgan paytda olib chiqib ketganini aytgan.

 

“Uxlayotganimizda olib chiqib ketgan. Men o‘zim ham hayron bo‘ldim o‘sha kuni. O‘g‘lim shunaqa jinoyat ishini qildi. Bee’tibor bo‘lganim uchun endi men ham bunga sababchiman”, — deydi u.

 

Yana bir voyaga yetmaganning onasi esa farzandining avtomobil boshqarayotganidan bexabar bo‘lganini bildirgan.

 

“Bolamning mashina haydashini bilmasdim. Chunki biz biror marta qo‘liga kalit bermagan insonmiz-da. Mening o‘zimning shaxsiy mashinam bor, lekin unga o‘tirmagan”, — deydi u.

 

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarning avtomobil boshqarishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"