O'zbekiston

Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi

Chaqaloqlarning uch nafari qiz, ikki nafari esa o‘g‘il bo‘lib, ona va bolalarning ahvoli yaxshi.

Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi

Andijonda 6-iyul kuni 5 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahridagi "Qayrag‘ochtosh" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nargiza Bekjonova 6-iyul kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan Andijon shahar 2-son tug‘uruq majmuasiga yotqizilgan.

 

Unda muddatidan oldingi tug‘ruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti o‘tkazilgan. Jarayon akusher-ginekologlar, neonatologlar va reanimatologlar ishtirokida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha:

  • birinchi chaqaloq: qiz, vazni 1450 gr;
  • ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1605 gr;
  • uchinchi chaqaloq: qiz, vazni 1495 gr;
  • to‘rtinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1585 gr;
  • beshinchi chaqaloq: qiz, vazni 1205 gr.

 

Shundan so‘ng ona va chaqaloqlar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon viloyati filialiga o‘tkazildi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda ona va besh nafar chaqaloq shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, ularning ahvoli yaxshi.

Eslatib, o'tamiz, may oyida ham Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ayol bir yo‘la 4 nafar egizak — uch nafari o‘g‘il va bir qizaloqni dunyoga keltirgandi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.