Jahon

Rossiya xalqaro futbol o‘yinlariga qaytmaydi

Rossiya futboli 2022-yilda Ukrainaga urush boshlanganidan keyin barcha xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi.

Rossiya xalqaro futbol o‘yinlariga qaytmaydi


 
FIFA va UEFA hozircha Rossiya terma jamoalari hamda klublarini xalqaro musobaqalarga qaytarish masalasini ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Ukraina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Andrey Shevchenko UEFA prezidenti Aleksander Cheferin bilan uchrashuvdan so‘ng ma'lum qildi, deb yozmoqda The Telegraph nashri.


 
Shevchenkoning aytishicha, uchrashuv davomida Rossiya futbolining xalqaro maydonga qaytishi masalasi muhokama qilingan va UEFA rahbari bu borada tashkilot pozitsiyasi o‘zgarmaganini bildirgan.


 
"Men Aleksander Cheferin bilan gaplashdim. Hozir Rossiya jamoalarini xalqaro musobaqalarga qaytarish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q", dedi Shevchenko.


 
Uning so‘zlariga ko‘ra, FIFA prezidenti Janni Infantino ham xuddi shunday pozitsiyani bildirgan.


 
Rossiya futboli 2022-yil fevral oyida Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan so‘ng FIFA va UEFA tomonidan barcha xalqaro musobaqalardan chetlatilgan. Shundan buyon Rossiya terma jamoalari va klublari Jahon chempionati, Yevropa chempionati hamda UEFAning klub musobaqalarida ishtirok eta olmayapti.


 
So‘nggi kunlarda Rossiya futbolining xalqaro maydonga qaytishi haqidagi xabarlar yana muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bunga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Rossiya Olimpiya qo‘mitasiga nisbatan ayrim cheklovlarni yumshatgani turtki bo‘ldi. Biroq XOQ qarori FIFA va UEFA uchun majburiy emas. Har bir xalqaro sport federatsiyasi bu borada mustaqil qaror qabul qiladi.


 
UEFA iyun oyida Rossiya terma jamoalari va klublari 2026/2027-yilgi mavsumda ham tashkilot tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etmasligini tasdiqlagan edi. Shuningdek, Aleksander Cheferin avvalroq Rossiya jamoalarining qaytishi urush tugamaguncha kun tartibida emasligini ta'kidlagan.


 
Shu bilan birga, FIFA XOQning so‘nggi qaroridan keyin vaziyatni tahlil qilishini ma'lum qilgan. Ammo hozircha Rossiya jamoalarining xalqaro futbol musobaqalariga qaytishi bo‘yicha rasmiy qaror qabul qilinmagan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.