Jahon

AQSH Eronga yana zarba berdi, Hormuz bo‘g‘ozi yopildi

AQSH bir hafta ichida uchinchi bor Eron hududiga zarba berdi. Bunga Hormuz bo‘g‘ozidagi fuqarolik kemasiga uyushtirilgan hujum sabab qilib ko‘rsatildi.

AQSH Eronga yana zarba berdi, Hormuz bo‘g‘ozi yopildi

AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) 12-iyulga o‘tar kechasi Eron hududiga navbatdagi zarbalar seriyasini boshlaganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Point.md.

 

CENTCOM bayonotiga ko‘ra, hujumlar Kipr bayrog‘i ostida Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlangan GFS Galaxy konteyner kemasiga Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (KSIQ) tomonidan uyushtirilgan hujumga javoban amalga oshirilgan. AQSH harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, kema ekipajining bir a’zosi bedarak yo‘qolgan, bortdagi yong‘in va mashina bo‘limiga yetgan jiddiy zarar sabab kema safarini davom ettira olmayapti.

 

Eronning Press TV telekanali esa Tehronda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgani, shuningdek, Sirik, Konarak, Chobahor, Jask va Bandar-Abbos shaharlarida portlashlar ovozi eshitilgani haqida xabar berdi.

 

AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset Eron "noto‘g‘ri tanlov qilgani" va buning oqibatlari uchun javob berayotganini ta’kidladi.

 

Shu bilan birga, KSIQ Hormuz bo‘g‘ozida harakatlangan kemaga ogohlantiruvchi o‘q uzilganini, bunga kema Eron belgilagan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanmagani sabab bo‘lganini bildirdi. Eron tomoni Hormuz bo‘g‘ozi AQSHning mintaqadagi harbiy harakatlari to‘xtatilmaguncha yopiq qolishini ma’lum qildi hamda zarbalar davom etsa, Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy bazalariga yangi hujumlar uyushtirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

 

Ma’lumot uchun, 17-iyun kuni AQSH va Eron harbiy harakatlarni to‘xtatish hamda Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochishni nazarda tutuvchi doiraviy kelishuvni imzolagandi. Biroq 25-iyun kuni bo‘g‘ozdagi fuqarolik tankeriga uyushtirilgan hujumdan so‘ng tomonlar o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaydi. 8-iyul kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan tuzilgan memorandum endi amal qilmasligini ma’lum qilgan edi.

custom img

Isroilning Livan janubiga bergan zarbalaridan 11 kishi halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola bor, yana 19 kishi jarohatlangan.

custom img

“Hormuz bo‘g‘ozi Eronniki bo‘lib qoladi” — Eron

Eron Donald Trampning Hormuz bo‘g‘ozini AQSH hududi deb e’lon qilish haqidagi bayonotiga javob berdi

custom img

Rossiya yozda Ukrainaning 19 ta aholi punktini egallaganini bildirdi

Mudofaa vazirligi Dnipropetrovsk va Zaporijjya viloyatlaridagi aholi punktlari egallanganini ma’lum qilgan.

custom img

Tataristonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalariga 2 mln rubldan beriladi

Jarohatlanganlarga esa jarohat darajasiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha kompensatsiya to‘lanadi.

custom img

Tramp Kamala Xarrisni yana prezidentlikka nomzod ko‘rsatishni taklif qildi

U Xarrisning Bayden ma’muriyatidagi faoliyatini, jumladan, chegara siyosatidagi rolini tanqid qildi.

custom img

Kolumbiyada kon portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Tekshiruvdan avval konda xavfsizlik talablari buzilgani aniqlangan va uning faoliyatini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan.

custom img

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini AQSh hududi sifatida e’lon qilmoqchi

Eron esa Vashingtonning bo‘g‘oz ustidan nazorat o‘rnatishiga qarshi ekanini bildirdi.

custom img

Indoneziyada 7,7 magnitudali zilzila oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

7,7 magnitudali zilziladan so‘ng 6,2 magnitudagacha bo‘lgan takroriy silkinishlar qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"