Jahon

Eron oliy rahbari urush tugamaguncha omma oldida ko‘rinish bermaydi — TASS

Qaror xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakatdagi vaziyat barqarorlashgach Mujtabo Xomanaiyning jamoatchilik oldida chiqish qilishi kutilmoqda.

Eron oliy rahbari urush tugamaguncha omma oldida ko‘rinish bermaydi — TASS

Eronning oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroil bilan urush yakunlanib, mamlakatdagi xavfsizlik vaziyati barqarorlashmaguncha omma oldida chiqish qilmaydi. Bu haqda TASS agentligi eronlik manbaga tayanib xabar berdi.

 

Nashr manbasining aytishicha, bunday qaror xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilingan.

 

"Hukumat vaziyat barqarorlashishini kutmoqda. Shundan keyin oliy rahbar jamoatchilik oldida chiqish qiladi", — deya ma’lum qilgan manba.

 

Qayd etilishicha, Xomanaiyning xorijiy davlat rahbari bilan ilk aloqasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot yoki shaxsiy uchrashuv shaklida bo‘lishi mumkin.

 

AQSH va Isroil 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlagan. Havo hujumlari oqibatida Eronning avvalgi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy hamda mamlakatning yana bir qator yuqori martabali rahbarlari halok bo‘lgan.

 

Iyun oyida Vashington va Tehron barcha frontlarda, jumladan Livanda ham o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi anglashuv memorandumini imzolagan. Shundan so‘ng tomonlar Shveysariyaning Byurgenshtok hududida Qatar va Pokiston vositachiligida muzokaralar o‘tkazgan.

 

Biroq 8-iyul kuni AQSH Tehronni avvalgi kelishuvlarni, xususan, Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha majburiyatlarni buzganlikda ayblab, Eronga nisbatan keng ko‘lamli havo hujumlarini qayta boshlagan.

 

13-iyul kuni Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bag‘oiy Tehron memorandum shartlarini buzmaganini, uning bajarilmay qolishi uchun mas’uliyat AQSH zimmasida ekanini ma’lum qilgan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"