Jahon

Rossiyada ayollar ham harbiy xizmatga chaqirilmoqda — OAV

Ulardan ayrimlari qonunga zid ravishda harbiy yig‘inlarga chaqirilgan. Ekspertlar esa buni elektron tizimdagi nosozlik bilan izohlamoqda.

Rossiyada ayollar ham harbiy xizmatga chaqirilmoqda — OAV

Rossiyada yoz boshidan buyon harbiy hisobda turuvchi ayrim ayollarga harbiy komissariatlardan chaqiruv qog‘ozlari yuborilmoqda. Ularning ayrimlari harbiy yig‘inlarga chaqirilgan bo‘lsa-da, amaldagi qonunchilik ayollarni bunday yig‘inlarga jalb etishni taqiqlaydi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyi boshida radiorele va troposfera aloqasi mutaxassisligi bo‘yicha harbiy kafedrani tamomlagan, hozirda homilador bo‘lgan ayol elektron reyestr orqali "harbiy yig‘inlarni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish uchun" chaqiruv olgan. Uning aytishicha, harbiy komissariat xodimlari chaqiruv "sun’iy intellekt tomonidan yuborilgani va u jinsni ajrata olmagani" bilan izoh bergan. Oradan bir kun o‘tib, chaqiruv elektron reyestrdan o‘chirib tashlangan.

 

Yana ikki ayolga esa harbiy hisob ma’lumotlarini aniqlashtirish uchun chaqiruv yuborilgan. Hozircha bu holatlar bo‘yicha boshqa choralar ko‘rilmagan.

 

Qayd etilishicha, 2022-yilda safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng Rossiya Mudofaa vazirligi ayollar harbiy xizmatga chaqirilmasligini bildirgan va o‘sha paytda yuborilgan chaqiruvlarni texnik xatolik bilan izohlagan edi. Shunga qaramay, 2026-yilda Rossiyaning ayrim hududlarida ayollarni kontrakt asosida harbiy xizmatga jalb qilish boshlandi. 

 

Xususan, Krasnoyarskdagi kollej talabalariga uchuvchisiz uchish apparatlari qo‘shinlariga qo‘shilish taklif qilingan. Tomsk viloyati va Permda ham ayollarni Rossiya Qurolli kuchlari safiga kontrakt asosida xizmatga chorlovchi e’lonlar tarqatilgan.

 

"Shkola prizyvnika" huquqni himoya qilish tashkiloti yuridik bo‘limi rahbari Timofey Vaskinning aytishicha, harbiy komissariatlarning ayollarga chaqiruv yuborayotgani urush sharoitida safarbarlik resurslarini to‘liq hisobga olish hamda kontrakt asosida harbiy xizmatga yollash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

Ekspertning ta’kidlashicha, ayollarni harbiy yig‘inlarga chaqirish elektron harbiy hisob reyestridagi texnik nosozlik oqibatidir. Uning aytishicha, ayol harbiy komissariatga borgan taqdirda, undan harbiy hisob ma’lumotlarini aniqlashtirish so‘raladi va kontrakt asosida xizmatga kirish taklif qilinishi mumkin. Ayollar harbiy yig‘inlarga yuborilmaydi. Biroq safarbarlik e’lon qilinsa, harbiy hisobda turgan ayollar ham xizmatga chaqirilishi ehtimolini istisno qilib bo‘lmaydi.

 

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, harbiy hisob faqat tegishli harbiy mutaxassislikka ega va sog‘lig‘i bo‘yicha yaroqli deb topilgan ayollarga nisbatan yuritiladi. Bular qatoriga shifokorlar, provizorlar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, aloqa sohasi mutaxassislari, kompyuter operatorlari, shuningdek, meteorologiya, kartografiya va geodeziya sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar kiradi.

 

Vaskin chaqiruv qog‘ozi olgan ayollarga harbiy komissariatga borishdan oldin huquqshunos bilan maslahatlashishni, komissariatda esa mazmunini to‘liq tushunmagan hujjatlarga imzo qo‘ymaslikni tavsiya qilgan. Uning qayd etishicha, chaqiruv bo‘yicha bormaslik ayrim cheklovlar va jarimalarga sabab bo‘lishi mumkin, biroq bu ehtimoliy safarbarlik masalasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.