O'zbekiston

Tadbirkorlar uchun jarimalar va to‘lovlar kamaytirilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev nazorat qiluvchi organlarga tadbirkorlarga kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidlab, jarimalar, to‘lovlar va yig‘imlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Tadbirkorlar uchun jarimalar va to‘lovlar kamaytirilishi mumkin

O‘zbekistondagi 51 ta vazirlik va idora 322 ta yo‘nalish bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. 2024–2026-yillarda ushbu vakolatlar doirasida qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llangan. Bu haqda 21-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Yig‘ilishda davlat rahbari nazorat va jazo qo‘llovchi tashkilotlar rahbarlarining yondashuvi o‘zgarishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorni jazolashdan avval unga kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati berilishi va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatilishi kerak.

 

Shuningdek, tashqi bozorlarda raqobat kuchayib borayotgan bir paytda ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar zimmasidagi to‘lov hamda yig‘imlarni kamaytirish masalasi ham muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, bir fura gilosni eksport qilishda bojxona yig‘imi, fumigatsiya, sertifikatlashtirish va deklarant xizmatlari uchun 5 million so‘mgacha qo‘shimcha xarajat yuzaga kelmoqda.

 

Yig‘ilish yakunida barcha vazirlar va tarmoq rahbarlariga bir hafta muddatda o‘z tizimlaridagi byurokratik tartib-taomillarni, jarimalar, to‘lovlar va yig‘imlarni keskin qisqartirish hamda biznes muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflarni Prezident administratsiyasiga kiritish topshirildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.