Jahon

AQSHning Eron bilan urush xarajatlari 37,5 milliard dollarga yetdi

Mojaro davomida AQSHning 18 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 430 nafarga yaqini yaralangan.

AQSHning Eron bilan urush xarajatlari 37,5 milliard dollarga yetdi


 
AQSH Mudofaa vaziri Pit Hegsetning ma'lum qilishicha, Eron bilan davom etayotgan urush mamlakatga hozirgacha 37,5 milliard dollarga tushgan. Bu Pentagon e'lon qilgan avvalgi hisob-kitobdan qariyb 8 milliard dollarga ko‘pdir. Bu haqda Reuters xabar berdi.


 
Hegset bu raqamni Senatning mablag‘ ajratish qo‘mitasidagi eshituvda e'lon qilgan. Uning aytishicha, hisob-kitobga urush boshlanganidan buyon qilingan xarajatlar hamda 30-sentabrgacha rejalashtirilgan harbiy xarajatlar kiritilgan.


 
Shu bilan birga, Tramp ma'muriyati Kongressdan Eron bilan bog‘liq harbiy amaliyotlarni davom ettirish uchun qo‘shimcha 90 milliard dollar atrofida mablag‘ ajratishni so‘ragan. Pentagon rahbariyati bu mablag‘ harbiy tayyorgarlikni saqlash, qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish va amaliyotlarni davom ettirish uchun zarurligini bildirgan.


 
Senatdagi eshituv davomida ayrim qonunchilar urush xarajatlari va harbiy strategiya yuzasidan ma'muriyatni tanqid qilgan. Ular mojaro qancha davom etishi va qo‘shimcha mablag‘lar qanday sarflanishi haqida batafsil ma'lumot talab qilgan.


 
AQSH va Eron o‘rtasidagi sulh shu oy boshida buzilganidan beri tomonlar har kuni o‘zaro zarbalar almashmoqda. Pentagon ma'lumotiga ko‘ra, mojaro davomida AQSHning 18 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan, 430 nafarga yaqini yaralangan.

custom img

Serhat Qilich 51 yoshida vafot etdi

U 5-sentyabr kuni Istanbulning Kagithona tumanidagi uyida o‘lik holda topilgan.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"