Jahon

“Tehron muzokaralarga jiddiy yondashmayapti” – Rubio

Hormuz bo‘g‘ozidagi keskin sabab energetika bozorida xavotirlar kuchaygan.

“Tehron muzokaralarga jiddiy yondashmayapti” – Rubio

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Vashington Eron bilan inqirozni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralarga hamon tayyorligini, biroq Tehron hozircha bunga jiddiy yondashmayotganini ma’lum qildi. U bu bayonotni Filippin poytaxti Manilada ASEAN tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi chog‘ida berdi.

 

Rubioning aytishicha, AQSH har doim diplomatiyani ustuvor deb bilgan, ammo Eron muzokaralarni cho‘zishga urinayotgani va amaliy qadamlar tashlamayotgani kuzatilmoqda. Uning fikricha, muzokaralar muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun har ikki tomon birdek manfaatdor bo‘lishi kerak.

 

Davlat kotibi, shuningdek, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatish va xalqaro kemalardan to‘lov undirish rejalari "nihoyatda xavfli pretsedent" yaratishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bunday amaliyotga yo‘l qo‘yilsa, boshqa davlatlar ham xalqaro dengiz yo‘llariga nisbatan shunday da’volarni ilgari surishi mumkin, bu esa global savdo va energetika xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.

 

AQSH va Eron o‘rtasidagi harbiy keskinlik tufayli ayni damda Qizil dengiz orqali neft tashish yana izdan chiqqan, bir nechta Saudiya neft tankerlari xavfsizlik sabab yo‘nalishini o‘zgartirgan. Bu esa jahon energiya bozorlarida yangi xavotirlarni kuchaytirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"