Jahon

Kelishuv bo‘lmasa, yo‘qotishlar yanada kuchayadi — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, Tehron AQSh bilan kelishuvga erishmaguncha iqtisodiy va harbiy yo‘qotishlari ortishda davom etadi.

Kelishuv bo‘lmasa, yo‘qotishlar yanada kuchayadi — Rubio

 

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Eron AQSh bilan kelishuvga erishmaguncha mamlakat ko‘rayotgan zarar kun sayin ortib borishini ma’lum qildi.

 

Rubio bu haqda ASEAN sammiti doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqib, Eron bitimlarni imzolagach ularni buzishi yoki shartlarni o‘zgartirishga urinayotganini ta’kidladi.

 

"Bitimlar shunday ishlamaydi. Endi ular buning narxini to‘lamoqda. Agar yaqin kunlarda ham fikrlarini o‘zgartirmasa, ulkan zarar ko‘rishda davom etadi", — dedi AQSh Davlat kotibi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron tashqi tomondan qat’iyatli ko‘rinishga urinayotgan bo‘lsa-da, amalda allaqachon jiddiy yo‘qotishlarga duch kelgan va buning uchun katta narx to‘lamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni AQSh va Eron o‘rtasida harbiy keskinlik yana kuchaydi. Vashington Tehronni Hormuz bo‘g‘ozida tankerlarni o‘qqa tutganlikda ayblab, sulhni bekor qilganini e’lon qilgan. Shundan so‘ng AQSh Eron hududiga zarbalar berishni davom ettirgan bo‘lsa, Eron ham bunga javoban mintaqadagi AQSh harbiy bazalariga hujumlar uyushtirmoqda.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"