Jahon

AQSHning Eronga quruqlikdan bostirib kirish ehtimoli yuqori — Pokiston razvedkasi

Harbiy ekspertlar esa bunday ssenariy AQSH uchun katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

AQSHning Eronga quruqlikdan bostirib kirish ehtimoli yuqori — Pokiston razvedkasi

BILD nashrining xabar berishicha, Pokiston maxsus xizmatlari AQSHning Eronga cheklangan quruqlik operatsiyasini boshlashi ehtimolini tobora yuqori baholamoqda. 

 

Islomoboddagi xavfsizlik doiralaridagi manbalarga ko‘ra, Donald Tramp o‘z harbiy qo‘mondonligining ogohlantirishlariga qaramay, Eronning sohilbo‘yi hududlariga qo‘shin kiritish haqida buyruq berishi mumkin.

 

Harbiy ekspertlar bunday operatsiya AQSH uchun nihoyatda murakkab kechishini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, desant kuchlari raketa va dronlarning ommaviy hujumlariga duch keladi, Eronning tog‘li hududlari va jazirama cho‘llari esa qo‘shinlarning harakatlanishini keskin qiyinlashtiradi.

 

AQSH Harbiy-dengiz instituti tahlilida Eron “tabiiy qal’a” deb baholanadi. Tahlilda qayd etilishicha, mamlakatning murakkab geografik sharoiti har qanday quruqlik operatsiyasini deyarli amalga oshirib bo‘lmaydigan darajada qiyinlashtiradi. Institut mutaxassislari harbiy texnikaning tez ishdan chiqishi ham operatsiya muvaffaqiyatiga jiddiy putur yetkazishini ta’kidlagan.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron ixtiyorida qariyb 610 ming nafar amaldagi harbiy xizmatchi va harbiylashtirilgan tuzilmalar jangchilari, shuningdek, 350 ming nafar zaxiradagi harbiy mavjud. Shu bois ehtimoliy quruqlik operatsiyasi AQSH uchun natijasi oldindan noma’lum bo‘lgan og‘ir harbiy sinovga aylanishi mumkin.

 

Maqolada qayd etilishicha, bunday qaror Donald Tramp uchun ichki siyosiy bosimni ham kuchaytiradi. Reuters agentligi buyurtmasi bilan Ipsos o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning atigi uchdan bir qismi Eronga qarshi harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Respondentlarning 69 foizi esa Tramp harbiy aralashuv maqsadlarini yetarlicha izohlamagan, deb hisoblaydi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"