Jahon

Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishi mumkin

Eron urush davomida zaiflashgan havo mudofaasini tiklash maqsadida Xitoydan yuzlab ko‘chma zenit-raketa majmualarini qabul qilish arafasida.

Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishi mumkin

Eron yaqin haftalarda Xitoyda ishlab chiqarilgan 400 tagacha ko‘chma havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarining ilk partiyasini qabul qilishi kutilmoqda. Yetkazib berilishi rejalashtirilayotgan tizimlar orasida QW-12 va FN-16 rusumlari borligi aytilmoqda. Bitim qiymati 60–70 million dollar atrofida baholanmoqda.


 
Ushbu qurollar Eronning qisqa masofali havo mudofaasi imkoniyatlarini tiklashga xizmat qiladi. AQSH va Isroil bilan yuz bergan so‘nggi harbiy to‘qnashuvlar davomida Eronning bir qator havo mudofaa obyektlari zarba ostida qolgan edi. Yetkazib beriladigan ushbu raketa majmualari past balandlikda uchuvchi samolyot, vertolyot va dronlarga qarshi samarali vosita hisoblanadi.


 
Qurol-yarog‘ni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan Zhongqing Baoshang International Investment kompaniyasi orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, yukni Eronga qaysi yo‘nalish orqali yetkazish masalasi hamon muhokama qilinayotgani, havo va quruqlik yo‘llari ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda. Xitoy rasmiylari bu boradagi ma’lumotlarni rad etgan, Pokiston esa yuk tranzitiga aloqadorligi haqidagi taxminlarni inkor qilgan.


 
Harbiy tahlilchilarning fikricha, ko‘chma zenit-raketa majmualari Eronning strategik havo mudofaa tizimlari o‘rnini bosa olmaydi, biroq harbiy bazalar, muhim infratuzilma obyektlari va qo‘shinlarni past balandlikdan amalga oshiriladigan hujumlardan himoya qilish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Bunday tizimlarning mobil xarakterga egaligi ularni aniqlash va yo‘q qilishni ham murakkablashtiradi.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"