Jahon

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHdan kompensatsiya talab qilmoqda

Tehron va Oman bo‘g‘oz orqali vaqtinchalik kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda.

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHdan kompensatsiya talab qilmoqda

Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali dengiz qatnovini qayta yo‘lga qo‘yish uchun AQSHdan kompensatsiya talab qilmoqda. Bu haqda Point.md xabar berdi.

 

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, Eron Oman bilan Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar qatnoviga oid kelishuv tuzishga yaqin. Biroq bu kelishuv suv yo‘lining to‘liq ochilishini anglatmaydi. Aroqchi Eron AQSHdan tinchlik kelishuvini buzganlik uchun kompensatsiya kutayotganini bildirdi.

 

Ayni paytda Eron va Oman Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati uchun vaqtinchalik yo‘nalish tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, tijoriy kemalar bo‘g‘ozga Eron hududiy suvlari orqali kirib, Oman hududiy suvlari orqali chiqadi.

 

Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu vaqtinchalik yo‘nalish ikki oydan to‘rt oygacha amal qilishi mumkin. Zarurat tug‘ilsa, uning amal qilish muddati uzaytiriladi.

 

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili Husayn Mohebbi esa Hormuz bo‘g‘ozi nafaqat iqtisodiy va dengiz yo‘li, balki mamlakatning geosiyosiy ustunligi ramzi ekanini ta’kidladi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"