Jinoyat

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Sariosiyo tumanida terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilgan, yashirin guruh tuzib, qo‘poruvchilik va boshqa jinoiy harakatlarni rejalashtirgan shaxslar sudlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2003-yilda tug‘ilgan Sariosiyo tumani fuqarosi 2023-yilda ishlash maqsadida Rossiyaning Mahachqal’a shahriga borgan. U yerda “Muhammad” laqabli mahalladoshi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi videolarni ko‘rib, yashirin guruh tuzgan.

 

Keyinchalik ular guruh safiga 2005-yilda tug‘ilgan yana bir yigitni jalb qilgan. Guruh a’zolari Suriyaga borishni rejalashtirgan. Buning uchun ulardan biri oila a’zolarining pul mablag‘larini ruxsatsiz olib chiqqan.

 

Ular Moskva—Istanbul yo‘nalishi orqali Turkiyaga, undan keyin Suriyaga o‘tishni mo‘ljallagan. Biroq Moskva shahriga yetib borgach, guruh a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va ikki nafari O‘zbekistonga qaytgan.

 

“Muhammad” esa Qozon shahrida qotillik sodir etgani uchun Rossiya qonunchiligiga asosan javobgarlikka tortilgan.

 

Guruhning 2005-yilda tug‘ilgan a’zosi O‘zbekistonga deportatsiya qilingan. U sud hukmi bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Shunga qaramay, guruhning qolgan a’zolari faoliyatini davom ettirgan. 1999 va 2001-yillarda tug‘ilgan yana ikki nafar Sariosiyo tumani fuqarosi guruhga qo‘shilgan.

 

Ular terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilgan hamda Rossiyaning Mahachqal’a shahrida huquq-tartibot xodimlariga qarshi jinoiy harakatlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

 

Bundan tashqari, guruh a’zolari Sariosiyo tumanida yashovchi 2004-yilda tug‘ilgan yana bir fuqaroni o‘z safiga jalb qilgan. Tergov jarayonida guruh a’zolarining jinoyatlari dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi hukmiga ko‘ra, to‘rt nafar shaxs Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

 

Sud hukmi bilan ularning har biriga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

U jinoyat ishlarini yashirish uchun buvisining uyiga o‘t qo‘ygan.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"