Jinoyat

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

U jinoyat ishlarini yashirish uchun buvisining uyiga o‘t qo‘ygan.

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida buvisining uyiga pul va qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlash uchun kirgan yigit va sherigi qamaldi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, marhuma ko‘p qavatli uyda yolg‘iz yashagan. U foiz evaziga pul bergan va uyida katta miqdorda mablag‘ borligidan nabirasi xabardor bo‘lgan. Avval o‘g‘rilik uchun ikki marta sudlangan yigit bu pullarni o‘g‘irlashni rejalashtirgan.

 

U jinoyatdan ikki kun oldin Toshkentda ishlayotgan tengdoshini Bag‘dodga chaqirgan. Sherigi kelgach, ular marhumaning uyiga borib, vaziyatni kuzatgan. Biroq atrofda odamlar ko‘pligi sabab rejani o‘sha kuni amalga oshirmagan.

 

Ertasi kuni ular yana xonadonga borgan. Bu safar uyda hech kim bo‘lmagan. Yigitlar ichkariga kirib, pul va qimmatbaho buyumlarni qidira boshlagan. Shu payt marhuma uyiga qaytib kelgan va ularga qarshilik ko‘rsatgan.

 

Nabirasi yonida olib kelgan oshxona pichog‘i bilan buvisining ko‘krak qismiga zarba bergan. Ayol og‘ir jarohat olib, hushidan ketgan. Yigitlar esa xonadondan tilla zanjir, zirak, avtomobil monitori va 2 million so‘m pulni olib chiqib ketgan.

 

Shundan so‘ng yigit jinoyat izlarini yashirishga uringan. U yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 10 litr benzin sotib olib, uy yaqiniga yashirgan. Kechasi esa xonadonga qaytib, benzinni uyning turli joylari va buvisining jasadiga sepib, o‘t qo‘ygan. Keyin eshikni qulflab, voqea joyidan ketgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudida ko‘rib chiqilgan ish yakunida yigit Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi, 169-moddasi 2-qismi “g” bandi va 173-moddasi 2-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Uning sherigi esa Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “p” bandi va 169-moddasi 2-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.