Jahon

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Eronga noqonuniy yo‘llar bilan o‘tmoqchi bo‘lgan 17 nafar afg‘on, jumladan ayollar va 18 yoshgacha bo‘lgan sakkiz kishi, kuchli tashnalik oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berildi. 

 

Haalvsh inson huquqlari tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ular payshanba kuni Eronning Saravan shahri yaqinidagi Rotak chegara hududining Mak-Suxteh qismida halok bo‘lgan. Guruh yo‘l davomida suvsiz qolgan.

 

Halok bo‘lganlar orasida Afg‘onistonning shimolidagi Bag‘lon viloyatidan bo‘lgan bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor. Ular 45 yoshli ona va uning 14, 16, 18 hamda 22 yoshli to‘rt qizidan iborat bo‘lgan. Marhumlar orasida 14 yoshgacha bo‘lgan qariyb olti nafar bola ham borligi aytilmoqda.

 

Guvohlar va marhumlarning qarindoshlari yo‘l bo‘ylab suv juda kam bo‘lganini bildirgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, odamlar suv topa olmagani sababli kuchli tashnalikdan halok bo‘lgan.

 

Haalvsh tarqatgan videoda noma’lum hududda bir guruh odamlar bir nechta qabr qaziyotgani ko‘rinadi. Tashkilot bu qabrlar Eronga yetib borishga uringan va yo‘lda halok bo‘lgan afg‘onlar uchun qazilganini bildirgan.

 

Bag‘lonlik oilaning Saravanda yashaydigan qarindoshlari bor. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan besh kishi uchun janoza marosimi yakshanba kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

 

Haalvsh halok bo‘lganlarning umumiy soni haqidagi ma’lumotni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini qayd etdi.

 

Amu TV qayd etishicha, bu afg‘onlarning Eronga borish yo‘lida halok bo‘lishi bilan bog‘liq ilk holat emas. Avgust oyi boshida Afg‘onistonning janubi-g‘arbidagi Nimroz viloyatida joylashgan jazirama Margov cho‘li orqali Eronga o‘tishga uringan Hayotulloh va yana 18 kishi bedarak yo‘qolgandi. Keyinchalik ular kuchli issiq va suv yetishmasligi oqibatida halok bo‘lgani xabar qilingan.

 

Xabarga ko‘ra, ko‘plab afg‘onlar qashshoqlik, ishsizlik va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar sabab mamlakatni tark etmoqda. Ularning ayrimlari Eronga yetib borish uchun kontrabandachilar xizmatidan foydalanib, og‘ir tabiiy sharoitdagi hududlardan o‘tishga majbur bo‘ladi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.