1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Misrning O‘rta Yer dengizi sohillariga qum bo‘roni, jala va bo‘ron yopirildi

Tabiiy ofat tufayli mamlakatning bir qator viloyatlarida maktablar yopilgan.

Misrning O‘rta Yer dengizi sohillariga qum bo‘roni, jala va bo‘ron yopirildi

 

 

Misr meteorologlarning maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakatda 20-noyabrdan boshlab to‘rt kunlik beqaror ob-havo to‘lqini bo‘lishi, moʻtadil va kuchli yomg‘ir yog‘ishi, kuchli shamol esib, havo harorati 3-4 darajaga tushishi kutilmoqda.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bo‘ronli shamollar bilan birga yog‘ayotgan yomg‘ir suv toshqiniga sabab bo‘lgan, natijada avtomobillar va oziq-ovqat do‘konlari suv ostida qolgan. Iskandariya va boshqa bir qator shaharlarda ayrim ko‘chalarni suv bosgan, bu esa avtomobillar harakatini qiyinlashtirmoqda.

 

 

Shuningdek, Qohiradan 90 kilometr janubi-g‘arbdagi vohada joylashgan Fayyum shahrida qum bo‘roni kuzatilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda kuzatilgan qum bo‘roni bo‘yicha Toshkentda 678 kishi nafas qisishi tufayli "Tez yordam"ga murojaat qilgani, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilanganidan besh barobarga oshgani, chang bo‘ronidan keyin cho‘kkan chang tarkibi o‘rganilgani hamda Xitoy ham qum bo‘roni ostida qolgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика