Jahon

“Tolibon”cha so‘z erkinligi. Afg‘onistonda yuzdan ortiq OAV faoliyati to‘xtagan

Toliblar hokimiyatni egallagandan keyin 150 ta ommaviy axborot vositasi yopilgan. Harakatning jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslikka bergan vaʼdasiga qaramay, ular “Tolibon”ga hamon ishonchsizlik bilan qaramoqda.

“Tolibon”cha so‘z erkinligi. Afg‘onistonda yuzdan ortiq OAV faoliyati to‘xtagan

 

 

“TOLO News”ning maʼlum qilishicha, OAV yopilishiga asosiy sabab - moliyaviy qiyinchiliklar va toliblar qo‘yayotgan cheklovlar. Afg‘on Milliy jurnalistlari ittifoqi vakili Masrur Lutfiy qayd etganidek,  agar xalqaro tashkilotlar buning oldini olmasa, “tez orada matbuot erkinligi va boshqa fuqaroviy erkinliklar butunlay barham topadi”. 

 

Faoliyatini yakunlagan OAVlardan biri “Inakas” telekanali. Bu kanal mamlakatning 3 viloyatiga ko‘rsatuv uzatadi. Ammo ayrim kompaniyalar reklamaga pul to‘lashni to‘xtatishi ortidan kanalda moliyaviy muammolar paydo bo‘ldi. Shundan keyin “Inakas” yopilgan.

 

Avvalroq “NDTV “ nashri mamlakatning eng yirik OAVlaridan bo‘lgan “TOLO News” taqdiri haqida maqola eʼlon qilgan. Unda telekanal vakillari toliblarga nisbatan ishonch past ekanligini aytgan.

 

“Tolibon”ga qarshi turli shaharlarda namoyishlar boshlanib ketgach, harakat bu voqealarni jurnalistlarga yoritishni taqiqlagan. Bundan tashqari bir necha OAV xodimlari kaltaklangan. Xususan, o‘tgan oyda aynan “TOLO News” muxbiri toliblar tomonidan  jazolangan edi. Shuningdek, “Tolibon” hokimiyatni egallagandan keyin intervyu olgan jurnalist ayol mamlakatdan chiqib ketgan.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"