O'zbekiston

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini maʼlum qildi

2021 yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash)ning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan Tashqi ishlar vazirlari kengashi navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini maʼlum qildi

 

 

 Tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida Afg‘oniston masalasiga taalluqli asosiy masalalar bo‘yicha O'zbekiston  pozitsiyasiga to‘xtalib o‘tdi.

 

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonning tinch va mustaqil davlat sifatida shakllanishidan manfaatdor. Afg‘oniston zamini endi mintaqa davlatlari va umuman xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak.

 

Dunyo davlatlari uchun ustuvor vazifa Afg‘onistonni iqtisodiy tusdagi mintaqaviy integratsion jarayonlariga yana-da faol jalb qilish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘lib qolishi kerakligi taʼkidlandi.

 

Mojarodan keyingi Afg‘oniston strategiyasini ishlab chiqish muhimligi, shuningdek, mamlakatga zarur insonparvarlik yordam ko‘rsatilishi davom etishi alohida qayd etildi.

 

Tadbir yakunida Turkiy Kengashga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston bo‘yicha Qo‘shma bayonoti qabul qilindi.

 

Eslatib o'tamiz, Аbdulaziz Komilov  Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash)ning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlangan yig'ilishida ishtirok etmoqda.

 

 Avvalroq 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natgani  hamda Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xalqaro zahiralarini qaytarib berishga chaqirgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini maʼlum qildi | Zamon.uz