Jamiyat

Navoiy haqida hujjatli film olish asnosida turkiy tillar sultoniga ruhan bog‘landim

Yurtimizda “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Xalqaro Toshkent kinofestivali boshlandi. Ushbu kinofestivalda bir guruh kinoijodkorlar ishtirok etmoqda. Xususan, turkiyalik ssenarist va prodyuser Xuseyn Ozden ​o‘zbek kinosi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Navoiy haqida hujjatli film olish asnosida turkiy tillar sultoniga ruhan bog‘landim

 

 

— Turkiy tillar sultoni Alisher Navoiy haqida “Turkning ulug‘ chinori” nomli hujjatli film suratga olganimdan behad faxrlanaman. Bu oson ish emas edi. Chunki buning uchun Navoiy davrini chuqur bilish hamda buyuk shoir ruhoniyatini anglash, his qilish talab etiladi.

 Navoiy asarlarida inson omili asosiy o‘rin tutadi. Navoiyni bor bo‘yi bilan ko‘rsatish va dunyoga tanitish har bir ziyolining vazifasidir. Shu bois dastlab buyuk shoir  hayoti va ijodini chuqur o‘rganishga harakat qildim. Juda ko‘p izlandim. Buning uchun  menga yillar kerak bo‘ldi. 

Bu filmga bor tajribam, bilimim va qalbimni berdim. Ammo shunda ham ko‘nglim to‘lmadi. Filmning yaratilishida 30 dan ziyod o‘zbek olimlari, O‘zbekiston Kinemotografiya agentligi yaqindan yordam berdi. Bu men uchun “oltin fond” vazifasini o‘tadi. Fursatdan foydalanib, menga  yordam bergan barchaga tashakkur bildiraman. Agar ular menga beminnat yordam bermaganida bu asar yaratilmas edi.  

Ana shu jarayonda Zahiriddin Muhammad Bobur va Abu Rayhon Beruniy haqida ham hujjatli film suratga olishni niyat qildim.

 

Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta’minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg’onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Bundan avvalroq Vivek Srivastava o‘zbek filmlari juda yoqishini aytgandi. Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurgani, Oktay Kaynarja yangi O‘zbekiston haqidagi fikrlarini aytgani hamda Stiven Sigal Toshkentga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi

 

 

Bahriniso Madumarova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"