Jamiyat

Qashqadaryoda “Qirg‘iz kino kunlari” bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalida “Xorij kino kunlari” dasturi bo‘yicha kecha Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Qirg‘iz kino kunlari” o‘tkazildi.

Qashqadaryoda “Qirg‘iz kino kunlari” bo‘lib o‘tdi

 

 

Kinematografiya agentligi axborot xizmatining xabar qilishicha, unda tomoshabinlar uchun “Pesn dreva” (rej. Aybdek Dayirbekov), “Bosogoniy begun” (rej. Mirlan Abdukalikov) nomli qirg‘iz filmlari namoyish etildi.

 

Qayd etilishicha, namoyishlardan so‘ng qirg‘iz delegatsiyasidagi kinoijodkorlar bilan ijodiy suhbatlar tashkil etildi. 

 

Xalqaro delegatsiyalarga taniqli o‘zbek kinojodkorlari hamrohlik qilishdi.

 

 

Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank” ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank” AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Avvalroq Toshkent xalqaro kinofestivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tgani, “O‘zbekfilm” binosida taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye va fransuz kinorejissyori Lyuk Besson bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazilgani, shu bilan rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan “Devyatayev” badiiy filmi kino ixlosmandlari eʼtiboriga havola qilingani, "Danmon Group" kompaniyasi bilan kelishuv imzolangani, “Kino 5 kunda” tanlovida suratga olingan filmlar namoyish etilishi, O‘zbek va rus tillarida faoliyat olib boruvchi yuqori sifatli filmlar va seriallar namoyish etiladigan onlayn kinoteatr yaratilgani, bundan tashqari, “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tgani, Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbek qizi haqidagi film namoyishi hamda Toshkent xalqaro kinofestivalining “Jahon kinosi kunlari” dasturini eronlik rejissyor Ibrohim Muxtoriyning “Hayot varaqlari” filmi boshlab berishi haqida xabar berilgandi.

Qashqadaryoda “Qirg‘iz kino kunlari” bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz