Toshkentda 1,5 milliard so‘mga yaqin noqonuniy tovarlar yo‘q qilindi
So‘nggi paytlarda Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida 1,5 milliard so‘mga yaqin noqonuniy tovarlar yo‘q qilindi.


Majburiy ijro byurosi axborot xizmatining xabar berishicha, byuroning shahar boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi va masʼul idoralar bilan hamkorlikda tovar moddiy boyliklarlarini yo‘q qilish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Maʼlum qilinishicha, boshqarma ish yurituvidagi jami 87 ta ijro hujjatlari bo‘yicha jami 1 milliard 120 million so‘mlik yaroqsiz dori vositalari, 195 million so‘mlik kimyoviy suyuqlik ashyolari, 64 dona GSM shlyuzlar, pichoq va boshqa mulklar, 3 dona telefon, 16 million so‘mlik parfyumeriya vositalari, 2 million so‘mlik tamaki mahsulotlari va 3 million so‘mlik avtotransport jihozlari yo‘q qilingan.

Avvlroq Angrenda 15,3 milliard so‘mlik noqonuniy olib kirilgan parfyumeriya vositalari hamda Davlat xaridlariga oid qonunbuzilish holatlari aniqlangani haqida xabar berilgandi.







