O'zbekiston

“Kia Uzbekistan”  “K8” sedanini sotishni boshladi

Bu haqda “Spot.uz” xabar berdi.

“Kia Uzbekistan”  “K8” sedanini sotishni boshladi

 

 

Unda aytilishicha, kompaniya yettita modelni namoyish qilgan. Ular — “Seltos”, “K5”,  “Sorento”, “Soul”, “Stinger”,  “Carnival”  va “K8”.

 

Taʼkidlash kerakki, “Kia Uzbekistan” mazkur modellarni 2022-yilga reja qilayotgan edi. Bularning bozori chaqqoni “K8” sedani hisoblanadi.

 

Kompaniya O‘zbekiston bozoriga 2020-yil oktabr oyidan jadal kirib kelishni boshlagan. O‘shanda avtomobil ishqibozlariga asosan “Seltos” va “K5” modellar taqdim qilingan. Shundan so‘ng iyun oyidan boshlab “Sorento” va “Soul”, avgust oyiga kelib yana ikkita model — “Stinger” va “Carnival” sotuvga qo‘yilgan.

 

Shunday qilib, kompaniya hozirda O‘zbekistonda yettita avtomobil modelini namoyish etadi. Ularning ichida bozori chaqqon deyilayotgani – “K8” sedani bo‘lib, 586,9 million so‘mdan boshlanadi.

 

“Kia” kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni 2020-yilning kuzida boshlagan. Jizzaxdagi ishlab chiqarish liniyasi “Kia” kompaniyasining Rossiyadagi bosh shtabi nazorati ostida tashkil etilgan.

 

Avtomobillar Jizzax zavodida SKD usulida (avtomobilni yig‘ish) ishlab chiqariladi va zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 ming avtomobilni o‘z ichiga oladi.

 

Kompaniya 2022-yil oxiriga borib, SKD usulida ishlab chiqarish quvvatini 100 mingtaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

 

Bundan avval O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlangani, “UzAuto Motors” yangi “Chevrolet Captiva” sotishni boshlagani hamda “Tesla” avtomobili tezlik bo‘yicha rekordni yangilagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.